Yevropaliklar muzokara uçun Moskvaga borişga tayyor – OAV
Olam
−
305 2 daqiqa
Agar yevropaliklar bölajak uçraşuvlarda “ularga töliq harakat erkinligi berilişi” borasida kafolat olsa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Moskvada muzokaralar ötkaziş haqidagi taklifini qabul qilişga tayyor. Bu haqda Yelisey saroyi vakiliga tayanib, “Le Figaro” xabar berdi.
“Bizning talabimiz şundan iborat böladiki, uşbu Rossiya-Yevropa muloqotining boşlanişi yoki rasmiylaştirilişi Rossiya bundan buyon muzokaralarda yevropaliklarning tölaqonli rolini tan olişini hamda ular AQŞ va Ukraina bilan ötkaziladigan muzokaralarning navbatdagi bosqiçida faol iştirok etişini aniq körsatişi kerak”, deydi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning maslahatçisi.
Uning sözlariga köra, Parij Yevropa delegatsiyasi Abu-Dabida bölib ötadigan muzokaralarning keyingi bosqiçi iştirokçisiga aylanişini kutmoqda.
“Agar unda yevropaliklar iştirok etmasa, Abu-Dabida yangi bosqiç bölmaydi... Muzokaralarda yevropaliklar öz fikrini bildirişi tabiiy hol”, deya qöşimça qilgan maslahatçi.
Bungaça AQŞ rahbari Donald Tramp Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakçilarini Vladimir Putin bilan töğridan-töğri aloqalarni saqlab turişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, 19 noyabr kuni Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning uç tomonlama muzokaralaridan söng Berlinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va “köngillilar koalitsiyasi” davlatlari yetakçilarining uçraşuvi bölib ötgandi. Unda Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner ham iştirok etgan. Maslahatlaşuvlar vaqtida ularga AQŞ rahbari öz samolyoti bortidan qönğiroq qilgan.
Live
Barchasi