“Nayrang”. Finlyandiya Putinning NATOdan çiqiş talabini rad etdi

Olam

−

image

Rossiya NATO a’zolaridan öz manfaati yölida faoliyatini çeklaşni istamoqda, biroq “bunday narsalar muhokama qilinmaydi. Bu haqda bugun, 13 noyabr kuni Finlyandiya Mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen jurnalistlarga bergan intervyusida gapirdi.

U uşbu bayonotni Moskva vakillari Abu-Dabida Ukraina böyiça ötkazilgan muzokaralarda “Yevropa xavfsizligining yangi tartibi”ga oid bandlarni norasmiy ravişda ilgari surgani haqidagi xabarlardan söng berdi. 

“Ular Finlyandiyaning NATOdan çiqişini va alyansning Latviya, Litva hamda Estoniyadagi harbiy bazalardan voz keçişini talab qilgan”, deb yozgan edi Germaniyaning “Bild” naşri.

Xyakkyanenning fikriça, hatto bunday takliflarni ilgari suriş ham mutlaqo ğazabni qözğaydigan holat va Rossiya buni biladi. Moskva şu tariqa AQŞ va Yevropa uning bosimi ostida yon beriş-bermasligini tekşirib körişga urinmoqda.

“Biz Rossiya tinçlik muzokaralarini jiddiy olib borişga moyil emasligini, aksinça, Yevropa xavfsizligi arxitekturasini öz foydasiga özgartiriş maqsadida Ukrainadagi uruş davomida ilgari surgan talablarini kengaytirayotganini aniq körib turibmiz”, deydi u.

Vazirning sözlariga köra, bunday yondaşuv Rossiya ön yillar davomida qöllab kelayotgan psixologik strategiyaning bir qismi. Mamlakat Ğarb davlatlarini noqulay ahvolga soliş uçun muzokaralardagi e’tiborni boşqa tomonga buradi. 

“Biz ularning nayrangiga uçmasligimiz kerak”, deydi Xyakkyanen.

Eslatib ötamiz, avvalroq Abu-Dabida joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça ötkazilgan köp tomonlama muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi norasmiy ravişda nafaqat Kiyevga taalluqli bölgan “Yevropa xavfsizligining yangi tartibi” bandlarini ilgari surgani, balki Kreml vakillari Finlyandiyaning NATOdan çiqişini talab qilgani, şuningdek, alyansning Latviya, Litva va Estoniyadagi harbiy bazalardan voz keçişi tarafdori ekanini bildirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing