Moskvada portlatilgan ukrainalik sobiq amaldor Rossiya josusi bölib çiqdi
Olam
−
17:36 824 2 daqiqa
Bugun, 13 noyabr kuni ertalab Moskvaning Çertanovo tumanida maşinasi portlatilgan Ukraina sobiy boş vaziri Nikolay Azarovning sobiq maslahatçisi Sergey Zavorotniy Rossiya Taşqi razvedka xizmati (TRX) zobiti hisoblanadi. Bu haqda AQŞ Senatining Razvedka qömitasi tomonidan 2016 yilgi Amerika saylovlariga Rossiya aralaşuvi yuzasidan tayyorlangan hisobotda söz bordi.
“Vajniye istorii” örgangan ma’lumotlarga köra, 72 yoşli Zavorotniy Moskvada Kirovogradskaya köçasi, 2-uy manzilida yaşagan. Avtomobil uşbu joydan beş daqiqalik masofada portlagan. Sizib çiqqan ma’lumotlar, şuningdek, Zavorotniy portlatilgan 2020 yilda işlab çiqarilgan Toyota Fortuner yöltanlamasiga egalik qilganini ham tasdiqlaydi. Rossiya Tergov qömitasi portlaş oqibatida Zavorotniy jabrlanganini tasdiqlagan. U poytaxt şifoxonalaridan biriga yetkazilgan. “112” ma’lumotlariga köra, erkak koma holatiga tuşgan, şifokorlar uni operatsiya qilmoqda. Qotillikka suiqasd qiliş moddasi (Rossiya Jinoyat kodeksining 30- va 105-moddalari) böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
“Kommersant’” ma’lumotlariga köra, Zavorotniy maşinasining ostiga magnitli mina örnatilgan. U masofadan turib harakatga keltirilgan. Portlaş quvvati trotil ekvivalentida 300–500 grammga teng bölgan. Şu bilan birga, naşrning yozişiça, keyinçalik jinoyat işi terakt moddasiga (Jinoyat kodeksining 205-moddasi) qayta kvalifikatsiya qilinişi mumkin, agar mina örnatuvçi Rossiya fuqarosi ekani aniqlansa, unga davlatga xiyonat qiliş ayblovi (Jinoyat kodeksining 275-moddasi) tahdid soladi.
Ma’lumot uçun, Sergey Zavorotniy Lotin Amerikasi mamlakatlarida “Komsomolskaya pravda” gazetasida, keyin esa Davlat dumasida işlagan. 2010 yildan 2014 yilgaça Ukraina sobiq boş vaziri Nikolay Azarovning matbuot kotibi bölgan. 2018 yilda “Yanukoviç topşirdi. Davlat departamenti qabul qildi. Rossiya Ukrainani qanday yöqotdi?” nomli kitobni naşr ettirgan. 2014 yildan keyin Yevromaydonni davlat töntarişi deb atagan, Ğarbni Ukrainani taşqaridan boşqarişda ayblagan va “Antifaşist” axborot resursiga rahbarlik qilgan.
Eslatib ötamiz, Zavorotniy maşinasining portlatilişi ikki kun içidagi ikkinçi şunday hodisa böldi. Keça, 12 noyabr kuni Sankt-Peterburgda ham rulida, taxminlarga köra, Harbiy-havo kuçlari va Havo hujumidan mudofaa 6-armiyasi qömondonining harbiy-siyosiy işlar böyiça örinbosari, polkovnik Andrey Xodikin bölgan avtomobil portlatilgan edi. U voqea joyida halok bölgan.
Live
Barchasi