Yevropada bakteriyalarni antibiotiklar bilan davolaş tobora qiyinlaşmoqda – JSST

Salomatlik

−

image

Yevropa mintaqasidagi qariyb har ikki mamlakatdan birida şifoxonalarda uçraydigan bakteriyalarni odatiy antibiotiklar bilan davolaş tobora qiyinlaşmoqda. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) xabar berdi.  

JSST va Yevropa kasalliklarning oldini oliş va nazorat qiliş markazi (ECDC) ötkazgan tahlilga köra, 2025 yilda ma’lumot taqdim etgan 43 mamlakatning 21 tasida klebsiyella pnevmoniya bakteriyasining kamida yarmi keng qöllanadigan antibiotiklardan biri – uçinçi avlod sefalosporinlariga çidamli bölgan. Bu bakteriya oğir qon infeksiyalarini keltirib çiqarişi mumkin.

Bunday antibiotiklar ta’sir qilmay qolganda, şifokorlar kuçliroq dori vositalari – karbapenemlarni qöllaşga ötadi. Ammo bu antibiotiklar ham ayrim joylarda samara bermayapti. Masalan, 10 ta mamlakatda klebsiyella pnevmoniya bakteriyasining kamida yarmi karbapenemlarga ham çidamli ekani aniqlangan.

Şunga öxşaş holat atsinetobakter bakteriyasida ham kuzatilgan. U şifoxonalarda tarqalişi mumkin bölib, ma’lumot taqdim etgan 38 mamlakatning 21 tasida uşbu bakteriya namunalarining kamida yarmi asosiy antibiotiklarga çidamli bölgan.

Tahlilda antibiotiklarga çidamlilik bilan boğliq infeksiyalar soni ham ortib borayotgani qayd etilgan. Xususan, 2019–2025 yillarda karbapenemlarga çidamli klebsiyella pnevmoniya sababli kelib çiqqan qon infeksiyalari 72 foizga, uçinçi avlod sefalosporinlariga çidamli içak tayoqçasi (E. coli) bilan boğliq infeksiyalar esa 16,4 foizga köpaygan.

Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqida metitsillinga çidamli oltinrang stafilokokk bakteriyasi (Staphylococcus aureus) bakteriyasi sababli kelib çiqadigan qon infeksiyalari 19 foizga kamaygan. Bu 2030 yilgaça infeksiyalar sonini qisqartiriş böyiça belgilangan maqsaddan ham yuqori natija hisoblanadi. Biroq sönggi ikki yilda uşbu infeksiyalar yana köpaya boşlagan.

JSST ma’lumotlariga köra, Yevropa mintaqasidagi mamlakatlarning 94 foizi antibiotiklarga çidamlilikka qarşi milliy rejaga ega yoki uni qayta körib çiqmoqda. Ammo ularning atigi 40 foizida bu rejalarni amalga oşiriş uçun mablağ ajratilgan va natijalar muntazam nazorat qilinadi.

Taşkilot mamlakatlarni şifoxonalarda infeksiya tarqalişining oldini oliş, antibiotiklardan oqilona foydalaniş, bakteriyalarni tez aniqlaydigan laboratoriyalarni rivojlantiriş hamda kuçli antibiotiklarni faqat zarur hollarda qöllaşga çaqirdi.
Ma’lumot uçun, antibiotiklarga çidamlilik – bakteriyalarning ularga qarşi işlatiladigan dorilar ta’sirida yöqolmay, yaşab qoliş xususiyatidir. Bu holat infeksiyalarni davolaşni qiyinlaştiradi va bemorlar uçun samarali dori vositalari tanlovini kamaytiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ğazo sektorida qiş kelişi bilan yuz minglab majburan köçirilgan falastinliklar sovuq va suv toşqinlari xavfi ostida qolayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing