Bundestag Germaniya maxsus xizmatlari vakolatlarini kengaytirişni ma’qulladi

Olam

−

image

Germaniya maxsus xizmatlari – Federal razvedka xizmati (FRX) va Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi (KHFI) Ikkinçi jahon uruşidan keyin taşkil etilgan paytdan buyon mahrum bölgan keng qamrovli qöşimça vakolatlarga ega böladi. Bu haqdagi qonun loyihasi keça, 13 noyabr kuni Bundestag tomonidan qabul qilindi.

Qayd etilişiça, ilgari asosan axborot töplaş bilan şuğullangan maxsus xizmatlar endilikda “tezkor” vakolatlarni qölga kiritadi. Xususan, agentlarga milliy xavfsizlikka tahdid tuğilganda xorijda xakerlik hujumlarini amalga oşiriş va diversiyalar ötkazişga ruxsat beriladi. KHFI kontrrazvedkasiga esa muayyan şartlar ostida xonadonlarga yaşirinça kiriş imkoniyati beriladi. 

Bundan taşqari, tezkor xodimlarga şifrlangan messenjerlarni öqiş uçun gumonlanuvçilarning qurilmalarini masofadan turib buzib kiriş va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilişda sun’iy intellekt (SI) vositalarini qöllaşga ruxsat etiladi. Şuningdek, kontrrazvedka istisno hollarda 16–17 yoşli ösmirlarni axborot beruvçi (informator) sifatida yollaş huquqini olgan, taşqi razvedka esa xorijda olingan ma’lumotlarni uzoqroq muddat saqlaş imkoniyatiga ega böladi.

“Razvedka idoralari tölaqonli maxsus xizmatlarga aylanmoqda. Uşbu çoralar bizga mamlakatga ham taşqaridan, ham içkaridan tahdid solayotgan demokratiya duşmanlariga qarşi kuraşiş uçun zarur”, deydi ilgari uşbu loyihani “asr islohoti” deb atagan Germaniya IIV rahbari Aleksander Dobrindt. 

U yangi vakolatlar maxsus xizmatlarga xorijiy josuslik, ayniqsa Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan bölayotgan josuslik faolligining ortişi sababli zarur ekanini ta’kidlagan.

Şu bilan birga, “Söl partiya” deputati Klara Byunger kuçişlatar tuzilmalarning yangi imkoniyatlari “yangi nemis maxfiy politsiyasi”ni yaratiş bilan barobar ekanini bildirgan. Sovuq uruş tugaguniga qadar şunga öxşaş vakolatlar faqat sovet ta’sir doirasida bölgan GDR Davlat xavfsizligi vazirligida mavjud edi. Islohot 1949 yilda Ğarbiy Germaniya taşkil etilayotganda natsistlar gestaposi va şarqiy germaniyalik “Ştazi” usullarining qayta tiklanişiga yöl qöymaslik maqsadida qabul qilingan, politsiya va razvedka vakolatlarini qat’iy ajratib turuvçi tamoyilni zaiflaştirgan.

Şunga qaramay, har ikki xizmatga jismoniy yöq qiliş, oçiq tintuvlar ötkaziş va hibsga oliş hamon taqiqlangan (bu faqat politsiya vakolatida qoladi). Ularning xatti-harakatlarini esa maxsus kengaytirilgan Mustaqil nazorat kengaşi kuzatib boradi.

“Euronews” qayd etişiça, islohot, aftidan, xuddi mudofaa sohasidagi kabi tiyib turiş tamoyilini amalga oşirişga qaratilgan. 

Bundestagda qonun qabul qilinişi uçun 308 nafar deputat ovoz bergan, 190 nafari qarşi çiqqan, yana 71 nafar parlamentariy betaraf qolgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing