Rossiyada o‘zbekistonlik “dvornik” qahramonga aylandi (video)

Jamiyat

image

7 yildan beri Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashab, farroshlik qiladigan o‘zbekistonlik migrant yong‘in paytida bir-nechta ayollarni qutqarib, qahramonga aylandi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozdi.

Qayd etilishicha, 25 aprel kuni erta tongda Sankt-Peterburgning Podolskaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli tarixiy uyda yong‘in chiqqan. Bundan birinchi bo‘lib xabar topgan o‘zbekistonlik migrant darrov yordamga oshiqqan.

"Ertalab oltilar chamasi ish boshladim. Ko‘zim derazadan chiqayotgan olovga tushdi. Darhol o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildim. Ular yetib kelguniga qadar yong‘in shu qadar avj olgandiki, odamlar derazadan o‘zlarini otishga tayyorlanardi. Men ayollarni qichqirayotganini va jarohatlanishi aniq bo‘lsa ham sakrashga oshiqayotganini sezib turardim", degan u.

Shu lahzada Olim akrobat kabi drenaj trubasiga ko‘tarila boshlagan. U bir nechta mohir harakatlar bilan yuqoriga chiqib olgan. Olim dastlab ayollardan birining pastga tushishiga ko‘maklashgan. Shundan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar kelib, narvonni o‘rnatgan. Farrosh boshqa ayollarni ham qutqarishga yordam bergan. Agar bu holat o‘tkinchilar tomonidan suratga olinmaganida, Olimning jasoratidan ko‘pchilik xabar topmasdi.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda jasur farroshning videosi paydo bo‘ldi. Video ostida o‘z sharhlarini qoldirgan rossiyaliklar "uni zamonamizning haqiqiy qahramoni", deb atagan. Olimning o‘zi esa bir paytlari u O‘zbekistonda parashyutchilar safida xizmat qilgani va boks bilan shug‘ullanganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Latviyada tasodifiy video ortidan o‘zbekistonlik muhojir internet yulduziga aylangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya o'zbekistonlik qahramon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing