Yakkasaroy hokimligi huquqshunosi maktab basseynida vafot etdi
3-sahifa
−
26 aprel 2024 11432 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumani hokimligi huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milayotganida ahvoli yomonlashib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Voqea joriy yilning 18 aprel kuni soat 15:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Oqibatda 54 yoshli tuman hokimligi huquqshunosi vafot etgan.
Bildirilishicha, marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat sababli Yakkasaroy tumani hokimining bir necha o‘rinbosari ishdan olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida tuman hokimligi bilan bog‘lanishga urindi. Ammo hokimlikdan savollarga javob olishning imkoni bo‘lmadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28