O‘zbekiston Olimpiada sari katta qadam tashladi
Sport
−
26 aprel 2024 10424 1 daqiqa
Bugun, 26 aprel kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining chorak finali doirasida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Og‘ir o‘tgan o‘yinda Temur Kapadze shogirdlari safida gollarga Husayn Norchayev va Umarali Rahmonaliyev mualliflik qildi. Shunday qilib, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogining yarim finaliga yo‘l olib, Olimpiada sari yarimta yo‘llanmani naqd qildi.
Endi o‘zbekistonlik olimpiyachilar turnir finaloldi o‘yinida Indoneziya bilan kuch sinashadi. Agar Kapadze shogirdlari indoneziyalik futbolchilarni taslim eta olsa, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qiladi.
O‘zbekiston-Indoneziya o‘yini 29 aprel kuni soat 19:00 da start oladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr