Stoltenbergning o‘rnini ko‘zlayotgan Ryutte Erdo‘g‘andan yordam kutyapti

Olam

image

NATO Bosh kotibi lavozimiga asosiy nomzod, Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte Istanbulga tashrifi chog‘ida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘andan yordam so‘ramoqchi. Bu haqda manbalariga tayanib, N-TV xabar berdi. 

Mark Ryutte 31 mart kuni Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibi lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan. Endi u Erdo‘g‘an bilan yuzma-yuz uchrashuvda ham shu masalani ko‘tarishi kutilmoqda. 

Xabarda aytilishicha, avvalroq Erdo‘g‘an bir qator shartlarni ilgari surgan. Turkiya rahbarining fikricha, yangi Bosh kotib terrorizmga qarshi kurashda alyans a’zolarining xavfsizligi va manfaatlariga xizmat qilishi, shuningdek, blok birligini mustahkamlashi va asosiy e’tiborni NATOning asosiy roliga qaratishi kerak.

Ryutte ittifoq Bosh kotibi lavozimiga asosiy nomzod sanaladi, chunki uning nomzodini allaqachon NATOning 32 a’zosidan 28 tasi qo‘llab-quvvatlagan.
Ma’lumot uchun, NATOning amaldagi Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z lavozimida 2024 yil 1 oktyabrgacha qolishini tasdiqlagan. Bu qaror o‘tgan yilning 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitda tasdiqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Politico” gazetasi Amerika ma’muriyatidagi manbaga tayanib, AQSH Prezidenti Jo Bayden Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryuttening NATO Bosh kotibi lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashini yozgandi.

Muqaddasxon Sattarova 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an NATO Mark Ryutte Stoltenber

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made