Ğazoda nafaqat genotsid, balki ekotsid ham yuz berdi – Erdöğan

Olam

−

image

Bugun, 11 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Antaliyada ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) Yetakçilar sammitining oçiliş marosimida nutq sözlab, dunyo hamjamiyatini iqlim tahdidlariga qarşi kuraşda birgalikda harakat qilişga çaqirdi. Şuningdek, u Ğazodagi bolalar sovuqdan titrab, tirik qolişga urinayotganini qayd etdi.

Erdöğan qurolli nizolarning oğir badalini nafaqat odamlar, balki tabiat ham tölayotganini, bunga eng yaqqol misol Ğazo sektoridagi vaziyat ekanini aytgan.

“BMT Boş Assambleyasidagi nutqimda qayd etganimdek, Ğazoda nafaqat genotsid, balki ekotsid ham yuz berdi: asriy daraxtlar kesib taşlandi, tuproq va suv ifloslantirildi, şaharlar vayronaga aylantirildi. Biz bugun Isroildan konteynerlar söramoqdamiz, ammo Ğazodagi falastinlik birodarlarimiz, ming afsuski, loyqa botqoqlik örtasida çodirlarda yaşaşga majbur bölişmoqda. Axir ular odam emasmi? Bu odamlarga loaqal bitta çodir yöqmi? Biz konteynerlar yubormoqçimiz, lekin bunga yöl qöyişmayapti”, deydi Turkiya yetakçisi.

Erdöğan sönggi kunlarda mintaqadan kelayotgan “yurakni yorguvçi yangiliklarga” e’tibor qaratgan. Ğazoda vayron bölgan infratuzilma kuçli yomğirlar va suv toşqinlari bilan qöşilib, ön minglab çodirlar va boşpanalarni suv ostida qoldirdi.

“Boşpanasiz qolgan yuz minglab Ğazo aholisi, jumladan, himoyasiz bolalar, yomğir ostidagi qiş şaroitida, aksariyat hollarda ota-onasiz, sovuqdan titrab tirik qolişga harakat qilmoqda. Men oçiq aytişim kerak: Ğazodagi butun insoniyat uçun şarmandali bölgan bu genotsid manzarasini körib, bilib va guvohi bölayotgan heç bir inson mas’uliyatdan qoçib qutula olmaydi”, deydi Turkiya Prezidenti.

Turkiya rahbari Ğazo bolalarining fojiasidan kuç körgazmasi sifatida foydalaniş bu ojizlik, notavonlik va eng avvalo bağritoşlik ekanini ta’kidlagan hamda mintaqaga gumanitar yordam ötişiga zudlik bilan ruxsat berişga çaqirgan. 

“Izolyatsiya siyosati töxtaşi kerak, bu şafqatsizlik va ğayriinsoniylik nihoyat töxtatilişi va tag-tomiri bilan yöq qilinişi kerak”, deydi Prezident.

U konferensiya iştirokçilarini Antaliyadan turib butun dunyoga kuçli irodani namoyon etişga, adolatli bölişga, hamjihatlikda işlab çiqarişga va qöyilgan maqsadlarni qatiyat bilan amalga oşirişga çaqirgan.

“Bu haftadagi maslahatlaşuvlar bilan uşbu konferensiya hamjihatlik va aniq ilgarilaşning kuçli namunasiga aylanişini ta’minlaymiz. Eng muhimi, iqtisodiyot uçun ekologiyani qurbon qiladigan fikrlaşga “stop” deymiz”, deydi Prezident.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Antaliyada ötkazilayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi doirasidagi Yetakçilar sammitida iştirok etiş uçun Isroil hukumatiga taklifnoma yubormagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing