Erdöğan bilan yaraşib olgan Aliyev rafiqasi bilan Turkiyaga bordi

Olam

−

image

Bugun, 10 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning taklifiga binoan BMTning Iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi tomonlari anjumanining 31-sessiyasi (COP31) Yetakçilar sammitida iştirok etiş uçun Turkiyaga bordi. Bu haqda APA xabar berdi.

Qayd etilişiça, Antalya Xalqaro aeroportida Ozarbayjon rahbari şarafiga faxriy qorovul saf tortib turgan. Prezident Ilhom Aliyev va birinçi xonim Mehribon Aliyevani Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirim, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining (AK Parti) Turkiy dunyo bilan aloqalar böyiça rais örinbosari, Turkiya Buyuk millat majlisi a’zosi Kurşad Zorlu, Turkiya Buyuk millat majlisining Taşqi aloqalar komissiyasi raisi Fuat Oktay, Turkiya Buyuk millat majlisi a’zosi Mavlud Çovuşoğlu, Antalya şahri gubernatori Xulusi Şahin va boşqa rasmiy şaxslar kutib olgan.

Inqiroz va araz 

Joriy yilning oktyabr oyida Ozarbayjondagi maktablarda römol bilan boğliq mojarolar çiqdi. Römolli öquvçi-qizlarning maktab, universitetlarga kiritilmayotgani, öqituvçilarning işdan çetlaştirilişi ijtimoiy tarmoqlarda katta bahslarga sabab böldi. Uşbu voqealar ortidan turkiyalik bir qator siyosatçilar, jamoatçilik vakillari, jurnalistlar Ozarbayjon rahbariyatiga nisbatan keskin bayonotlar bilan çiqdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham öz nutqida Qoraboğ uruşida Ozarbayjonning yonida turib, unga yordam bermaganlarning Bakuning içki işlariga aralaşişga haqqi yöqligini aytdi. Aliyev öz sözida muayyan bir davlat nomini tilga olmagan bölsa-da, köpçilik bu gaplar Turkiya atalganini taxmin qildi. Kun sayin avj olgan inqirozli vaziyat fonida Ozarbayjon turkiyalik 31 kişini mamlakatda istalmagan şaxslar röyxatiga kiritdi, Aliyev 29-30 oktyabr kuni Anqarada ötadigan Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammitida iştirok etişdan boş tortdi. Erdöğanning özi qönğiroq qilsa-da, u sammitga kelmadi, örniga Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramovni yubordi. 

Turkiya Prezidenti Erdöğanning maslahatçisi Oqtoy Saral ham Ozarbayjonning maktab formasi siyosatini tanqid qilganidan keyin lavozimidan çetlatildi. Bu qaror Anqara Baku bilan munosabatlarni keskinlaştirişdan köra, ularni yumşatişga intilayotganini körsatdi. Buni ham kam deb bilgan Erdöğan, 8 noyabr kuni rafiqasi bilan Qoraboğga bordi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing