“Real”da Arda Gulerga ko‘proq o‘yin amaliyoti beriladi

Sport

image

“Barselona”ni mag‘lub etib (3:2) “Real” deyarli La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu boisdan mavsum yakunida jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rotatsiya qilish imkoniyatiga ega.

Xususan, italiyalik murabbiy turkiyalik iqtidorli Arda Gulerga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishga va’da bermoqda.

“Arda Guler o‘zini yaxshi his qilmoqda, u oldindagi bahslarga tayyor. Guler o‘ynash imkoniyatiga loyiq. U tez orada yana maydonga tushishi mumkin, Ardaga bir necha o‘yinlarda kerakli daqiqalarni taqdim etaman”, deydi Anchelotti.

La Liganing 33-turidan o‘rin olgan 26 aprel “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda Anchelotti “El-klasiko”ga nisbatan asosiy tarkibda 9 ta o‘zgarish qilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Arda Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made