Ispaniyada 14 yildagi ilk umummilliy iş taşlaş ötkazildi

Olam

−

image

Ispaniyada uy-joy narxlari va ijara haqi oşişi, şuningdek, hamyonbop turar joylar yetişmasligiga qarşi ön minglab kişi köçaga çiqdi. Keça, 11 noyabr kuni mamlakat böylab umummilliy iş taşlaş ham ötkazildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Namoyişlar bir qator şaharlarda bölib ötdi. Madridda mahalliy hokimiyat ma’lumotiga köra, aksiyalarda 120 ming kişi qatnaşgan. Ijaraçilar uyuşmalari esa iştirokçilar soni 600 ming nafarga yetganini bildirgan. Barselonada politsiya hisob-kitobi böyiça 55 ming kişi köçaga çiqqan

Iş taşlaş Ispaniyada sönggi 14 yil içidagi birinçi umummilliy iş taşlaş bölib, bir kun davom etgan. U mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy hayotning ayrim sohalariga ta’sir körsatgan.

Namoyişlar aksariyat şaharlarda tinç ötgan. Biroq Barselonada aksiyalar yakunlanganidan keyin tartibsizliklar yuzaga kelgan. Ma’lumotlarga köra, yuzlarini berkitgan öng radikallar bir neçta dökonning vitrinalarini sindirgan, çiqindi qutilariga öt qöygan va politsiya xodimlariga toş, şişa idişlar hamda petardalar otgan. Politsiya ularga qarşi rezina tayoqlardan foydalangan. Mamlakat böylab namoyişlar davomida kamida 52 kişi hibsga olingan.

Kasaba uyuşmalari iş taşlaşni muvaffaqiyatli deb baholagan. Xususan, CCOO uyuşmasi elektr energiyasi iste’moli odatdagi iş kunidan köra yakşanba kunlariga xos darajaga tuşganini bildirgan. Iş beruvçilarni birlaştiruvçi CEOE taşkiloti esa iş taşlaşda xodimlarning 10 foizidan kami qatnaşganini ma’lum qilgan.

Qayd etilişiça, ommaviy noroziliklarga Madridda 87 yoşli Marikarmen Abaskalning ijarada yaşab kelgan uyidan köçirilişi ham turtki bölgan. U 70 yil davomida mazkur xonadonda yaşab, oyiga 500 yevro ijara tölagan. 2018 yilda uy yangi kompaniya ixtiyoriga ötgaç, ijara haqi uning pensiyasidan ham oşib ketadigan darajagaça kötarilgan. 23 sentyabr kuni ayol uyidan köçirilgan, bir neça kun ötib esa şifoxonada vafot etgan.

Ispaniyada uy-joy inqirozi sönggi yillarda tobora kuçayib bormoqda. Uy va ijara narxlari aholi daromadlariga nisbatan tezroq ösmoqda. Şu sababli köplab yoşlar, hatto 30 yoşdan oşganlar ham mustaqil uy ijaraga oliş imkoniga ega bölmay, ota-onalari bilan yaşaşda davom etmoqda.

Mamlakat Markaziy banki bahosiga köra, Ispaniyada taxminan 750 mingta uy-joy yetişmaydi. 2028 yilga borib bu tanqislik 1 milliondan oşişi kutilmoqda. Uy-joy yetişmovçiligiga aholi va migrantlar sonining ortişi hamda arzon uylar qurilişi talab darajasida emasligi ta’sir qilmoqda.

Ma’lumot uçun, Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes 5 oktyabr kuni parlamentni tarqatib yuboriş va 29 noyabrda muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkaziş haqida qaror qabul qilgan. Bunga parlamentning hukumat taklif qilgan uy-joy bozori islohotini rad etişi ortidan yuzaga kelgan vaziyat sabab bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Frankfurt şahrida yoşlar namoyişi vaqtida tartibsizliklar yuz bergani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing