Fayzullayev Italiyaning 2 ta klubi radariga tushib qoldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning 2 ta klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Euro-fooball.ru” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fayzullayev joriy mavsum yakunida Yevropaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Italiyaning ikki klubi “armiyachilar” futbolchisining o‘yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Hozircha klublar nomi oshkor etilmagan.

Fayzullayev Moskva jamoasida 2023 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali uning qiymatini 5 million yevroga baholamoqda. 

Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumida 20 yoshli yarim himoyachi 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayevga Italiyaning “Parma” klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing