Shomurodov “Galatasaroy”ga qarshi bahsda eng yuqori ball oldi

Sport

image

Kecha, 4 sentyabr kuni Turkiya Superligasining 4-turida “Bashakshehir” o‘z maydonida “Galatasaroy”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlar safida Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev bahsni asosiy tarkibda boshladi. 

Uchrashuvning 66-daqiqasida Fayzullayev ishlagan penaltini Shomurodov aniq amalga oshirib, jamoasining birinchi golini urdi. Biroq, yakunda bu istanbulliklarning g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘lmadi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Sofascore” Shomurodovning harakatlarini 7,4 ballga baholadi. Bu “Bashakshehir” futbolchilari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Fayzullayev esa 6,9 ball oldi.

Shomurodov uchun bu Turkiya chempionatidagi joriy mavsumdagi 4-goli bo‘ldi. O‘zbekistonlik hujumchi shu tariqa Superliga to‘purarlar jadalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, “Bashakshehir” 4 turdan so‘ng 4 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda qolmoqda. “Galatasaroy” esa mavsumni 3 ta g‘alaba va bitta durang bilan 1-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing