O‘zbekistonlik ruslar terakt haqida (fotoreportaj)

Tahlil

22 mart kuni kechqurun Moskvadagi "Krokus Siti Holl" konsert majmuasida terakt sodir etildi. Hozirgacha terakt oqibatida 133 kishi halok bo‘lib, 182 kishi yaralangani aytilmoqda. Moskvadagi fojiali terror hujumidan keyin Rossiyaning turli mamlakatlaridagi elchixonalari oldiga hamdardlik belgisi sifatida gullar qo‘yib ketilmoqda. 

QALAMPIR.UZ ayni damda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida. Bu yerda odamlar keti uzilmayotganiga guvoh bo‘ldik. Kelayotganlardan kimdir gul, kimdir yumshoq o‘yinchoqlar, esdalik sovg‘alar, shamlar bilan tashrif buyurmoqda. Begunoh insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun kelgan fuqarolardan biri ham terakt qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

"Dahshatli jinoyat sodir etildi. Terrorchilar millati bo‘lmagan jinoyatchilardir. Ularning yuragi ham, joni ham yo‘q, shunchaki qobiq. Qanday qilib qurolsiz odamlarga, bolalarga o‘q otish mumkin. Biz millatimiz va diniy e’tiqodimizdan qat’i nazar ularga qarshi birlashishimiz kerak", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni kechasi Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida noma’lum shaxslar otishma boshladi, binoda portlash sodir bo‘ldi va yong‘in chiqdi. 

Binoning uchdan bir qismi yonib ketgan, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni tom orqali olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Rossiya Fideral Xavfsizlik Xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga 11 kishi hibsga olinganini ochiqladi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Ukrainaning Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev terakt munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi teraktni qoraladi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi terakt oqibatida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 133 nafarga yetgani haqida xabar bergandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 154 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing