Isroil Milliy xavfsizlik vaziri avariyaga uchradi (video)

Olam

image

Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir YTHga uchradi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda "Al-Arabiya" xabar berdi.

"O‘zining shafqatsizligi bilan mashhur bo‘lgan Itamar Ben-Gvir mamlakatning markaziy qismidagi Ramla shahrida avariyaga uchradi. Avvalroq u yerda 18 yoshli qiz pichoqlangan edi", deb yozadi nashr.

Ma’lum bo‘lishicha, vazirning mashinasi ag‘darilib ketgan. Mahalliy nashrlar Ben-Gvirning yengil tan jarohati olgani va darhol shifoxonaga yotqizilganini yozgan. Lekin vazirning avtomobili YTHga uchrashi sabablari ochiqlanmagan. 

Voqea joyidan olingan suratlarda uning xizmat mashinasi to‘nkarilib yotgani, old tomonida esa pachaqlangan avtomobil turganini ko‘rish mumkin. Politsiya halokat sabablarini o‘rganayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avariya Isroil xavfsizlik vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing