Çilonzorda Nexia daraxtga urilib, bölinib ketdi. 3 kişi halok böldi
3-sahifa
−
18:03 1725 1 daqiqa
Bugun, 16 noyabr kuni tongda Toşkent şahrining Çilonzor tumanida Nexia-3 yöl çetidagi daraxtga urilib, bölinib ketdi. Hodisa oqibatida 3 kişi halok böldi. Bu haqda poytaxt Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 04:50 larda Çilonzor tumani Bunyodkor şox köçasida Nexia-3 rusumli avtotransport vositasini boşqarib ketayotgan 2008 yilda tuğilgan T.A ismli haydovçi rul boşqaruvini yöqotgan. Oqibatda avtomobil yöl çetidagi daraxtga borib urilib, YTH sodir etgan. Dastlabki ma’lumotga köra, YTHga avtoulov rul boşqaruvida vujudga kelgan texnik nosozlik sabab bölgan.
Hodisa oqibatida haydovçi va uning yonida bölgan 2 nafar yölovçi şifoxonada vafot etgan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi tegişli qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida Onix rusumli avtomobil yöl çetidagi beton tösiqqa urilgandi. Oqibatda 2005 yilda tuğilgan yölovçi vafot etgan edi.
Live
Barchasi