Sarukyan muxlis bilan bog‘liq mojaro oqibatida jiddiy jazolanishi mumkin

Sport

image

Rossiyalik UFC jangchisi Arman Sarukyan UFC 300 musobaqasida muxlis bilan mushtlashgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Sarukyan menejeri Said Abdurahmonov OAVga ma’lum qildi.

“Jarima va diskvalifikatsiya bo‘lishi mumkin. Tez orada qaror qabul qilinadi”, deydi Said Abdurahmonov.

Nevada shtati Atletika komissiyasi 30 aprel kuni hodisani ko‘rib chiqish uchun yig‘iladi. Abdurahmonov Sarukyan mushtlashuv tufayli gonorarning bir qismini yo‘qotganini aytgandi.

UFC 300 musobaqasida Charlz Oliveyraga qarshi jang yakunlangach yechinish xonasiga yo‘l olayotganda Sarukyan muxlislar orasidan unga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan kishini urib yubordi.

Keyinroq muxlis qilgan ishi uchun uzr so‘radi va Sarukyan unga Konor Makgregor ishtirok etadigan UFC 303 turniriga chipta berishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Charl'z Oliveyra Arman Tsarukyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing