Sarukyan va Oliveyra o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tadi

Sport

image

UFC yengil vazn toifasida reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turgan Arman Sarukyan braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga qaytadi. Bu haqda jurnalist Manuk Akopyan ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, revansh jangi joriy yilning 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda o‘tkaziladigan UFC 331 turniri doirasida tashkil etiladi.

Sarukyan va Oliveyra ilk bor 2024 yilning aprel oyida Las-Vegasdagi UFC 300 turnirida to‘qnash kelgan. O‘shanda Arman Sarukyan hakamlarning bo‘lingan qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Arman Sarukyan professional faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, 23 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Uning so‘nggi jangi 2025 yilda Yangi Zelandiya vakili Den Xukerga qarshi bo‘lib, ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozongan.

36 yoshli Charlz Oliveyra esa UFC yengil vazn toifasi reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. U faoliyati davomida 48 ta jang o‘tkazib, 37 ta g‘alaba va 11 ta mag‘lubiyatga ega. 2026 yil mart oyida u amerikalik Maks Xolloueyni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing