Tramp UFC rahbariga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qildi

Sport

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp özining “Truth Social” ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.

“Şafqatsiz jangçi va buyuk Dana Uaytga Qöşma Ştatlar matbuot kotibi lavozimini taklif qilganimni mamnuniyat bilan e’lon qilaman. Dana, iltimos, bu taklifni qabul qiling!”  deb yozdi Tramp.

Şuningdek, Tramp Uaytdan yangi lavozimni qabul qilgan taqdirda, Islom Maxaçev va Habib Nurmagomedovni öz yordamçilari etib tayinlaşni söragan.

“Men undan Islom Maxaçev, Habib Nurmagomedov, Jastin Getji, Daniel Korme, Amanda Nunes va Kayla Xarrisni yordamçi sifatida jalb etişni söradim. Garçi ularning ayrimlari mamlakatimizdan bölmasa-da, bizga bizni aqldan ozgan sölçilardan himoya qiladigan şunday insonlar kerak”,  deya qöşimça qildi prezident.

Eslatib ötamiz, Oq uyning avvalgi matbuot kotibi Keti Zakariya uşbu lavozimda atigi beş kun işlagan. U ilk matbuot anjumanidagi muvaffaqiyatsiz çiqişi va advokatlik litsenziyasi bilan boğliq mojarodan söng işdan böşatilgan.

Tramp bundan avval Karolin Levitt ikkinçi farzandi tuğilganidan keyin oilasiga köproq vaqt ajratiş maqsadida bir yarim yillik faoliyatidan söng lavozimni tark etgani sababli matbuot kotibini almaştirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing