Islom Maxaçev Toşkentga keldi

Sport

−

image

UFC’ning yarim örta vazn toifasidagi amaldagi çempioni Islom Maxaçev sambo böyiça jahon çempionatida mehmon sifatida iştirok etiş uçun Toşkentga keldi. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi xabar berdi.

Keça, 5 noyabr kuni poytaxtdagi Olimpiya şaharçasida musobaqa oldidan xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) prezidenti Vasiliy Şestakov, şuningdek, jahon MMA olamining taniqli vakillari Islom Maxaçev va Fyodor Yemelyanenko kutib olingan.

Mehmonlarni Özbekiston Sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo olimpiya kengaşi vitse-prezidenti, Özbekiston MOQ raisi birinçi örinbosari Otabek Umarov hamda Özbekiston sambo federatsiyasi rahbariyati kutib olgan.

Sambo böyiça Jahon çempionati joriy yilning 6-8 noyabr kunlari Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida bölib ötadi. Musobaqada 101 mamlakatdan 700 nafarga yaqin sportçi iştirok etişi kutilmoqda.

Ma’lumot uçun, 34 yoşli Maxaçevning aralaş yakkakuraş (MMA)dagi rekordi 29 ta ğalaba va 1 ta mağlubiyatdan iborat. U 2025 yilda UFC tarixida ikki vazn toifasida çempionlikni qölga kiritgan ilk rossiyalik jangçi bölgan. Maxaçev 2022 yil oktyabridan beri egallab kelgan yengil vazn toifasidagi çempionlik kamarini tört marta himoya qilgan. Keyinçalik u yuqoriroq vazn toifasiga ötiş maqsadida uşbu kamardan voz keçgan. 2025 yil noyabr oyida esa avstraliyalik Jek Della Maddalenini hakamlarning yakdil qarori bilan mağlub etib, UFC yarim örta vazn toifasi çempioniga aylangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing