Makgregor operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazganini aytdi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yaqinda olgan jarohatidan so‘ng, oyog‘idagi operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda Makgregor Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Operatsiya juda yaxshi o‘tdi. Men o‘z kuchim va imkoniyatlarimga ishonaman”, deb yozdi Makgregor.

U qisqa xabar bilan cheklanib, unga foto yoki video ilova qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor jarohati sabab uzoq tanaffusdan keyin yaqinda oktagonga qaytgan edi. U UFC 329 turnirining asosiy jangida amerikalik Maks Xolloueyga qarshi jang qildi.
Mazkur turnir UFC tarixidagi eng katta daromad keltirgan musobaqaga aylandi.

Bu Makgregor uchun so‘nggi besh yil ichidagi ilk jang bo‘ldi. U bahsni faol boshladi, ammo sakrab hujum qilishga uringan vaqtida oyog‘ini jarohatlab oldi. Shundan so‘ng, irlandiyalik bir necha bor muvozanatini yo‘qotdi. Jangning 69-soniyasida hakam bahsni to‘xtatdi va texnik nokaut natijasini qayd etdi.

Keyinchalik Makgregor Maks Xolloueyga qarshi revansh bahsida olgan jarohatidan keyin ilk bor murojaat qilib, UFC bilan tuzgan shartnomasi doirasida yana bitta jang o‘tkazish rejasi borligini ma’lum qildi.

Shuningdek, sobiq chempionning jiddiy jarohat olgani va tiklanish jarayoni taxminan bir yil davom etishi mumkinligi xabar qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing