Arab koalitsiyasi husiylarga qarşi operatsiya boşladi
Olam
−
19:52 631 3 daqiqa
Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatini qöllab-quvvatlovçi Saudiya Arabistoni boşçiligidagi Arab koalitsiyasi Eron tomonidan dastaklanayotgan hamda Saudiya Arabistoni va Yaman uçun tahdid solayotgan husiylar ob’ektlariga qarşi keng kölamli operatsiya boşlanganini e’lon qildi. Operatsiya doirasida Hodeyda portiga zarba berildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Koalitsiya vakili, brigada generali Turkiy al-Malikiy X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida e’lon qilgan bayonotida ham Saudiya Arabistonidagi, ham Yamandagi tinç aholiga xavf tuğdirayotgan husiylar ob’ektlarini yöq qiliş böyiça operatsiya boşlanganini bildirgan.
Uning sözlariga köra, operatsiya davomida husiylar tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilayotgan muhim ob’ektlarni işdan çiqariş rejalaştirilgan. Al-Malikiy Qizil dengiz sohilida joylaşgan Hodeyda portiga zarba berilganini ma’lum qilgan.
“Biz Hodeyda porti orqali qurol-yaroğ va ballistik raketalar kontrabandasi hamda taşilişiga xizmat qiluvçi operativ ob’ektga zarba berdik”, deydi u.
Koalitsiyaning Yamandagi operatsiyasi kölami haqida gapirar ekan, al-Malikiy husiylar nazorati ostidagi poytaxt Sano şahrida, şuningdek, Saada va Taiz viloyatlarida ularning harbiy ob’ektlari hamda ballistik raketalar sohasidagi salohiyatini yöq qiliş böyiça harakatlar davom etayotganini ta’kidlagan.
Al-Malikiy, şuningdek, poytaxt Sanoda husiylarning ballistik raketalar va uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan boğliq ob’ektlarga aviazarbalar berilganini xabar qilgan.
“Zarbalar natijasida husiylarning yettita harbiy ob’ekti yöq qilindi. Ular dronlar va raketalarni yiğiş uçun foydalangan oltita ustaxonani bartaraf etdik. Bundan taşqari, Sanoda husiylar terrorçilik guruhining asosiy ta’minot omborlaridan biri yöq qilindi”, deya bayonot berdi koalitsiya vakili.
Bunga javoban husiylarning harbiy vakili Yahyo Sari agar Saudiya Arabistoni Hodeyda portiga hujum qilsa, ular Jidda porti va Qizil dengiz sohilidagi Saudiyaning boşqa portlariga zarba berişlari bilan tahdid qilgan.
Yamandagi mojaro
Yamandagi inqiroz 2014 yil sentyabr oyida Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar poytaxt Sano va mamlakatning bir qator boşqa hududlari ustidan nazorat örnatganidan söng keskinlaşgan edi.
Şundan keyin Saudiya Arabistoni boşçiligidagi Arab koalitsiyasi 2015 yil mart oyidan boşlab Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatiga yordam körsata boşladi.
2022 yil aprel oyida sulh kuçga kirganidan söng mamlakatda nisbatan tinç davr boşlandi. Biroq iyul oyidan beri qayta avj olgan jangovar harakatlar joylardagi kuçlar muvozanatini özgartirib yubordi.
Eron tomonidan dastaklanayotgan husiylar hukumat nazorati ostidagi hududlarga hujumlarni kuçaytirdi, şuningdek, ballistik raketalar va dronlarni qöllagan holda Saudiya Arabistoniga zarbalar bermoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podşoh Xolid xalqaro aeroporti va moliyaviy markazga ikkita ballistik raketa uçirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi