Husiylar yana Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi
Olam
−
13:15 257 1 daqiqa
Yamanning “Ansorulloh” harakati (husiylar) Ar-Riyoddagi Podşoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga va Saudiya Arabistonidagi “Şarq – Ğarb” neft quvuriga zarbalar berilganini e’lon qildi. Bu haqda husiylarning harbiy vakili Yahyo Saria X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma’lum qildi.
Sarianing qayd etişiça, husiylar Podşoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga dron yordamida hujum uyuştirgan.
Uning sözlariga köra, Ar-Riyoddan şarqda joylaşgan “Şarq – Ğarb” neft quvurining 3-sonli nasos stansiyasiga ham ikkita dron bilan zarba berilgan.
Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar poytaxt Sano va mamlakatning bir qator boşqa viloyatlari ustidan nazorat örnatgan 2014 yil sentyabr oyidan buyon Yaman fuqarolar uruşi girdobida qolmoqda.
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi 2015 yil mart oyidan beri Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatiga yordam körsatib kelmoqda.
Sönggi vaqtlarda Yamanda hukumat kuçlari va husiylar örtasidagi töqnaşuvlar tez-tez sodir bölyapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib qolingan ikkita ballistik raketa parçasi Makkaga tuşgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr