Polşa Rossiya çegarasida maxsus operatsiya boşladi

Olam

−

image

Polşa razvedkasi Rossiya bilan çegaradan qurollangan guruhlar mamlakat hududiga kirib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Şu sababli mamlakatning Kaliningrad viloyati bilan çegaradoş hududlarida maxsus operatsiya boşlandi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Polşa politsiyasi boş komendanti Marek Boronning ma’lum qilişiça, ötgan hafta mamlakat Harbiy razvedka xizmati va ittifoqçi davlatlarning maxsus xizmatlaridan Rossiya bilan çegarada ehtimoliy diversiya harakatlari yuzasidan ogohlantirişlar kelib tuşgan.

Uning sözlariga köra, bu xavf mamlakatda kuzatilayotgan diversiya, qöporuvçilik va Şarq maxsus xizmatlari tomonidan amalga oşirilişi mumkin bölgan boşqa gibrid faoliyatlar bilan boğliq.

Maxsus operatsiya Polşa şimoli-şarqidagi Varmiya-Mazuriya va Podlask voyevodaliklarida ötkazilmoqda. Unda politsiya, armiya, çegara xizmati, maxsus xizmatlar hamda aksilterror bölinmalari iştirok etmoqda. Çegara hududlariga bir neçta voyevodaliklardan qöşimça politsiya kuçlari yuborilgan. Harakatlarni muvofiqlaştiriş uçun Politsiya boş boşqarmasida maxsus ştab ham taşkil etilgan.

Boron operatsiya profilaktik xususiyatga ega ekanini ta’kidlagan. Uning bildirişiça, asosiy maqsad çegara hududlarida yaşovçi aholi, davlat muassasalari va ehtimoliy nişonga aylanişi mumkin bölgan boşqa ob’ektlar xavfsizligini ta’minlaşdan iborat.

Şuningdek, politsiya rahbari qöşimça kuçlarning çegaraga yuborilişi Polşada Konstitutsiyaviy tribunal atrofida yuzaga kelgan siyosiy inqiroz bilan boğliq ekani haqidagi taxminlarni rad etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Polşa Milliy mudofaa vazirligi davlatning uruşga töliq tayyorgarligi töğrisidagi qonun loyihasi ustida işlayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing