Ronaldu to‘yiga Makgregor va Habibni taklif qildi
Sport
−
04 avgust 3163 1 daqiqa
“Al-Nasr” hamda Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges bilan bo‘ladigan nikoh to‘yiga UFC’ning sobiq chempionlari Konor Makgregor va Habib Nurmagomedovni taklif qildi. Bu haqda “MMA Weekly” xabar berdi.
Avvalroq, Ronaldu va Jorjina Rodriges joriy yilning 8 avgust kuni Portugaliyaning Madeyra orolida nikohdan o‘tishi haqida ma’lum qilingan edi.
Xabarga ko‘ra, to‘yga taklif etilgan mehmonlar orasida mashhur xonandalar Dreyk, Rianna va Jennifer Lopes, bloger ISHowSpeed, teleboshlovchi Pirs Morgan hamda boshqa taniqli shaxslar ham bor.
Marosim Funshal shahridagi soborda nikohdan o‘tish bilan boshlanadi. Shundan so‘ng, to‘y besh yulduzli mehmonxonada davom etadi. Shu munosabat bilan mehmonxonadagi ikki qavat va bir nechta bar hududlari faqat to‘y mehmonlari uchun ajratilishi bildirilgan.
Ma’lumot uchun, Funshal – Krishtianu Ronalduning tug‘ilib o‘sgan shahri hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz Jorjina Rodrigesga 2025 yilda turmush qurish taklifini bildirgan. Ular 2016 yildan buyon munosabatda bo‘lib kelmoqda.