Yozda Barselonadan ketish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchi nomi oshkor bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida jamoada katta o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida qaror qabul qilgan. Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong hozirgi tarkibdagi eng qimmat va yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biri hisoblanadi. U yozda “ko‘k-anorranglilar” safini tark etishi kutilayotgan asosiy nomzoddir.

Ma’lumot uchun, Frenki de Yongning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portali  futbolchining bozor narxini 70 million yevro deb baholamoqda. Joriy mavsumda u 30 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Frenki de Yong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made