Ispan klublarining yevrokuboklaridagi ishtirokiga taqiq qo‘yilishi mumkin

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) mamlakat hukumati Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) ishlariga aralashuvi tufayli Ispaniya klublari va terma jamoalarini xalqaro turnirlardagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya hukumati RFEF faoliyatini nazorat qilish uchun maxsus komissiya tuzishga qaror qilgan. Bunday voqealar rivoji tufayli Ispaniya terma jamoasining 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi ishtiroki va klublarning kelasi mavsumda Yevropa musobaqalaridagi ishtiroki so‘roq ostida qoladi. 

Qayd etilishicha, Ispaniya hukumati FIFA va UEFA'ning ehtimoliy harakatlaridan xabardor.

Mart oyida Ispaniya fuqarolik gvardiyasining markaziy operatsiyalar bo‘limi RFEF shtab-kvartirasida va sobiq RFEF prezidenti Luis Rubialesning uyida tintuv o‘tkazgan va keyinchalik prokurorlar RFEF sobiq rahbarini hibsga olishga order bergan. 3 aprel kuni fuqarolik gvardiyasi Rubialesni Dominikan Respublikasidan Ispaniyaga qaytganidan so‘ng aeroportda qo‘lga oldi. Keyinroq u hibsdan ozod qilindi. Bundan tashqari, fedaratsiya prezidenti vazifasini bajaruvchi Pedro Rocha korrupsiya ishida gumonlanuvchiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Xalqaro futbol federatsiyasi Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing