Angliya Ispaniyaning 43 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyasiga barham berdi
Sport
−
09:27 418 2 daqiqa
Keça, 15 noyabr kuni Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqiçining oltinçi turida safarda Ispaniyani 3:2 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv Madrid şahrida bölib ötdi.
Ğoliblar safida Harri Keyn 45-daqiqada penaltini aniq amalga oşirdi. Ezri Konsa 53-daqiqada, Ben Uayt esa 57-daqiqada raqib darvozasini işğol qildi. Ispaniya terma jamoasining gollariga Mikel Oyarsabal (65, penalti) va Niko Uilyams (75) mualliflik qildi.
63-daqiqada yarim himoyaçi Elliot Anderson qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. Şundan söng Angliya uçraşuvni bir kişi kam bölib davom ettirdi.
Mazkur mağlubiyat Ispaniya terma jamoasining 43 ta öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. Bu milliy terma jamoalar orasidagi rekord seriya edi. Ispaniya sönggi bor 2024 yil mart oyida Kolumbiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida 0:1 hisobida mağlub bölgan.
Guruh yakunlariga köra, Angliya va Ispaniya 15 oçkodan jamğardi. Biroq töplar nisbati yaxşiroq bölgani sababli Angliya 3-guruhda birinçi örinni egalladi. Ispaniya ikkinçi böldi. Xorvatiya 6 oçko bilan uçinçi, Çexiya esa oçkosiz törtinçi örinni band etdi.
Ma’lumot uçun, Elit divizionning har bir guruhida dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar çorak finalga yöl oladi. Portugaliya musobaqaning amaldagi ğolibi hisoblanadi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr