Amaldorlarga to‘y va ziyofatbozlik taqiqlandi 

Olam

image

Qirg‘izistonda amaldorlarning to‘yma-to‘y yurishi hamda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilgan tadbirlarda qatnashishi taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov Prezident Administratsiyasi hay’ati yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Bosh vazirning aytishicha, Prezident Sadir Japarovning barcha farmon va ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilishi kerak. U o‘z nutqi davomida Prezidentning to‘y vaqtida chorva so‘yishni taqiqlash va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi qaroridan iqtibos keltirgan.

"Agar biror joyda isrofgarchilikni ko‘rsangiz, u yerga bormang. To‘yma-to‘y yurmang", degan Oqilbek Japarov. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilning fevral oyida Qirg‘izistonda Prezident farmoni imzolandi va oilaviy tadbirlar paytida cheklovlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini oshirish, shuningdek, diniy marosimlar, to‘ylar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda jamiyatdagi ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi isrofgarchilikning oldini olish ekani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing