Qirğiziston prezidentligiga nomzodlar soni 10 nafarga yetdi
Olam
−
17:16 1631 2 daqiqa
Mambetyunus Abilov Markaziy saylov komissiyasini Qirğiziston prezidentligiga nomzodini qöyiş niyati haqida xabardor qilib, mamlakatdagi oliy davlat lavozimiga hisob böyiça 10-nomzodga aylandi. Bu haqda respublika MSK xabar berdi.
“Bugun, 12 noyabr kuni Abilov Mambetyunus Abiloviç Qirğiziston Respublikasi Saylov va referendumlar ötkaziş böyiça markaziy komissiyasiga özini özi körsatiş tartibida Qirğiziston Respublikasi prezidentligiga nomzodini ilgari suriş töğrisida ariza bilan murojaat qildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, Abilov MSK raisi lavozimida işlagan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga rahbarlik qilgan, respublikaning Turkiyadagi elçisi bölgan.
Saylovlarda iştirok etiş niyati töğrisidagi arizalarni avvalroq amaldagi davlat rahbari Sadir Japarov, Rossiya–Qirğiziston taraqqiyot jamğarmasi boşqaruvining sobiq a’zosi Aymen Kasenov, Çuy viloyati tumanlaridan birining sobiq rahbari Azamat Esenbekov, Qirğiziston Moliya politsiyasining sobiq rahbari Siymik Japikeyev, tadbirkor Akay Xidirov, qirğiz kommunistlari yetakçisi Ishoq Masaliyev, sobiq deputat Baqtibek Xolmamatov, Davlat migratsiya xizmatining sobiq rahbari Baqitbek Odilov va tadbirkor Amur Ayba Meder topşirgan.
Qirğizistonda prezidentlik saylovlari 2027 yil 27 yanvarga belgilangan. Nomzodlarni körsatiş 13 noyabr kuni yakunlanadi, şundan söng ularni röyxatga oliş jarayoni boşlanadi. Buning uçun ular saylovçilarning kamida 30 mingta imzosini töplaşlari va 1 million som ($11,4 ming) miqdorida garov puli kiritişi zarur.
Live
Barchasi