2027 yilgi Haj ziyorati narxi belgilandi. Qirğizistonda!
Olam
−
7197 2 daqiqa
Qirğizistondan 2027 yilda Haj ziyoratiga boruvçilar uçun safar xarajatlari 5 800 dollar etib belgilandi. Bu 2026 yildagi narxdan 1 150 dollarga yoki qariyb 25 foizga qimmat. Narx oşişining asosiy sabablaridan biri Makkadagi bepul vaqf mehmonxonalari örniga pullik mehmonxonalarda joylaştirişga ötilişi böldi. Bu haqda Qirğiziston musulmonlari diniy boşqarmasiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, avvalroq Makkadagi diniy vaqf muassasalari Qirğizistondan kelgan ziyoratçilarni bepul mehmonxonalarga joylaştirib kelgan. Biroq 2027 yilgi Haj mavsumida uşbu mehmonxonalardan foydalanilmaydi.
Bunga mehmonxonalarning Makkaning turli hududlarida joylaşgani sabab bölgan. Xususan, 14 ta bino şaharning 4–5 ta tumaniga tarqalgan bölib, ularning har birida 200 nafardan 500 nafargaça ziyoratçi yaşagan.
Diniy boşqarmaga köra, bunday şaroitda barça ziyoratçilarga bir xil darajada xizmat körsatiş, ularga zarur yordam beriş, taşkiliy işlar va logistika jarayonlarini muvofiqlaştiriş qiyinlaşgan. Bundan taşqari, mehmonxonalardagi şaroitlar belgilangan talablarga töliq javob bermagan, ayrim hujjatlarni rasmiylaştirişda ham muammolar yuzaga kelgan.
Şu sababli, 2027 yilgi Haj mavsumida ziyoratçilarni pullik mehmonxonalarga joylaştirişga qaror qilingan. Bu orqali ularning barçasi bir-biriga yaqin hududda istiqomat qilişi, xizmat körsatiş va zarur yordamni taşkil etiş osonlaşişi kutilmoqda.
Ma’lumot uçun, 2023 yilda Qirğizistondan haj ziyoratiga boriş xarajatlari taxminan 3,5 ming dollar, 2024 yilda 3 750 dollar, 2025 yilda esa 3,9 ming dollar atrofida bölgan. 2026 yilda bu summa 4 650 dollarga yetgan.
Live
Barçasi