Qirğizistonda özbeklar va qirğizlar örtasida nizo çiqarişmoqçi – Japarov

Olam

−

image
O‘sh voqealari, Karimov va Otunbayeva. O‘zbeklar qirg‘ini qanday ro‘y bergandi? north_east

O‘sh voqealari, Karimov va Otunbayeva. O‘zbeklar qirg‘ini qanday ro‘y bergandi?

Qirğizistonda bir qator siyosatçilar prezidentlik saylovlari oldidan özbeklar va qirğizlar örtasida millatlararo nizo keltirib çiqariş rejalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarovning bugun, 12 noyabr kuni mamlakat aholisiga yöllagan murojaatida söz boradi.

Japarovning sözlariga köra, ayrim siyosiy kuçlar ommaviy tartibsizliklarni keltirib çiqariş va ovoz beriş jarayonini izdan çiqariş maqsadida millatlararo adovatni qözğatiş imkoniyatini muhokama qilmoqda.

“Hozirça ular bu haqda şunçaki gapirişmoqda. Biroq uşbu provokatsion maqsadlar reallikka köçiş ehtimoli mavjud”, deyiladi murojaatda.

Japarov fuqarolarning milliy tuyğulariga tegadigan yolğon miş-mişlar va provokatsion bayonotlar bunday töqnaşuvlarga bahona bölişi mumkinligini qayd etgan.

U 1990 va 2010 yillardagi millatlararo töqnaşuvlar oqibatida tinç aholi – ham qirğizlar, ham özbeklar halok bölgan fojiali voqealarni eslatib ötgan.

Prezidentning fikriça, bunday nizolarning taşkilotçilari hokimiyatga intiladi, asosiy jabrlanuvçilar esa oddiy fuqarolar bölib qoladi.

Davlat rahbari qirğizistonliklarni millatidan qat’i nazar, provokatsiyalarga uçmaslikka çaqirgan. U alohida ravişda keksa avlod vakillariga murojaat qilib, 1990 va 2010 yillar voqealarini boşdan keçirmagan yoşlarga millatlararo töqnaşuvlarning ehtimoliy oqibatlarini tuşuntirişni söragan.

Şu bilan birga, Japarov davlat ommaviy tartibsizliklarga tezkorlik bilan çek qöyiş uçun yetarli kuçlarga ega ekanini ta’kidlagan.

“Agar tösatdan nizo kelib çiqsa, davlatda uni bir-ikki kun içida bartaraf etiş uçun yetarli kuç va imkoniyatlar mavjud. Biroq ming afsuski, bunday holatda jabrlanuvçilar bölişi muqarrar”, deydi u.

Japarov taxmin qilinayotgan provokatsion rejalarni alohida ravişda Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişi bilan boğlagan. 

Uning ta’kidlaşiça, xayrixoh bölmagan siyosatçilar orasida uşbu transport yölagi qurilişi yakunlanişidan xavotirlanayotgan şaxslar bor.

Japarov Xitoy mavzusi atrofida jamoatçilik noroziligini keltirib çiqarişga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinişlardan söng, uşbu kuçlar qirğizlar va özbeklar örtasidagi ziddiyatlarni alangalatişga urinişi mumkinligini taxmin qilgan.

Prezident taxmin qilinayotgan taşkilotçilarning ismlarini aytmagan. Murojaatda provokatsiyalarga tayyorgarlik körilayotgani haqida aniq dalillar ham keltirilmagan.

Qirğiziston rahbari huquqni muhofaza qiliş organlari noqonuniy faoliyatni aniqlaş uçun yetarli texnik imkoniyatlarga ega ekani haqida ogohlantirgan. Xususan, u butun mamlakat böylab örnatilgan ön minglab videokuzatuv kameralarini tilga olgan.

“Xatti-harakatlaringiz e’tibordan çetda qoladi deb öylamang!” deya murojaat qilgan Prezident provokatsiyalarning taxminiy taşkilotçilariga.

U, şuningdek, millatlararo adovatni qözğatişga aloqador şaxslar javobgarlikka tortilişi mumkinligidan ogohlantirgan.

Japarov fuqarolarni provokatsion çiqişlar va harakatlar haqida zudlik bilan Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ), IIV hududiy bölinmalariga yoki mahalliy hokimiyat organlariga xabar berişga çaqirgan.
 
U Qirğizistonga tinçlik, barqarorlik va barça etnik guruhlar örtasidagi totuvlik zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib ötamiz, Qirğizistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yil 27 yanvarga belgilangan. Sadir Japarov 10 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga davlat rahbari lavozimiga öz nomzodini ilgari suriş töğrisida ariza topşirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing