Avtoelon.uz foydalanuvchilaridan biri BYD krossoveriga ega bo‘ladi!

Biznes

image

Avtoelon.uz katta aksiya e’lon qilmoqda, bosh sovrin – BYD Song Plus DM-i Champion avtomashinasi va ko‘plab boshqa qimmatbaho sovrinlar ham bor! 22 apreldan 26 maygacha 18 yoshdan oshgan O‘zbekiston fuqarolari aksiyada ishtirok yetish imkoniyatiga yega bo‘ladilar.

Avtoelon.uz — bu yengil avtomobillarni sotish va sotib olish bo‘yicha O‘zbekistondagi №1 ilova. Unda avtomobillarni, maxsus texnikani, ehtiyot qismlarni, tovarlarni va avtoxizmatlarni sotishga oid 80 000 dan ortiq faol e’lonlar mavjud. Har kuni saytimizga va Avtoelon.uz ilovasiga 195 000 dan ortiq foydalanuvchilar tashrif buyuradi. Besh yildan oshibdiki, Avtoelon.uz o‘zbekistonliklarga avtomobillarni onlayn shaklda sotish va sotib olish bo‘yicha yordam ko‘rsatib kelmoqda, ayni vaqtda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va qulayligini ham ta’minlamoqda.

26 may kuni Avtoelon.uz'ning Instagram-akkauntida o‘tkaziladigan jonli efirda aksiya ishtirokchilaridan biri hammamiz orzu qilayotgan mashinaning omadli egasiga aylanadi. BYD Song Plus DM-i Champion batareyasining ilg‘or texnologiyaga asoslanganligi, noqulay sharoitlarga bardoshliligi, maftunkor dizayni va yuksak texnologik intereri bilan jozibadordir. BYD elektromobillariga xizmat ko‘rsatish va elektr quvvati quyish infratuzilmalari rivojlanib borayotganligi bu avtomobillardan foydalanishni yanada qulay bo‘lishini ta’minlamoqda.

Foydalanuvchilar orzu qilgan avtomashinadan tashqari, quyidagi sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar:

● Videoregistratorlar

● Avtomobil kimyoviy to‘plamlari

● Avtomobilchi to‘plamlari

● Shinalar to‘plamiga vaucherlar

● Mashinaninig polirovkasiga vaucherlar

● Mashinani kimyoviy tozalash vaucherlari

● Mashinaga texnik xizmat ko‘rsatish vaucherlari

Sovrinlar har hafta tanlov natijasida tarqatiladi. G‘oliblar randomayzer yordamida aniqlanadi – barcha ishtirokchilarga yutuq egasi bo‘lish uchun teng imkoniyatlar taqdim etiladi.

Aksiyada ishtirok etish juda oson: 

● Avtoelon.uz ilovasini o‘rnatib, unga kiring 

● Aksiya sahifasiga o‘ting va anketani to‘ldiring. 

BYD Song Plus DM-i Champion egasiga aylanish va Avtoelon.uz'dan boshqa ajoyib sovrinlarni yutib olish imkoniyatini boy bermang! 

Veb-sayt: avtoelon.uz

Facebook: fb.com/avtoelon.uz

Instagram: @avtoelon.uz

Telegram: t.me/avtoelon

YouTube: Avtoelon UZ


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing