Futzal: Tojikiston Osiyo kubogi yarim finalida mag‘lubiyatga uchradi

Sport

−

image

Bugun, 26 aprel kuni futzal bo‘yicha Tailandda o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining dastlabki yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bahsda mezbon Tailand Tojikiston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning asosiy daqiqalari 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi va hakamlar esktra-taymlarga ruxsat berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmagach, tomonlar g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlaydigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa 6:5 hisobida mezbonlar zafar quchib, qit’a birinchiligining finaliga yo‘l oldi. Tailand finalda O‘zbekiston-Eron juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan Tojikiston esa 28 aprel kuni 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing