Tailand özbekistonliklar uçun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin
Jamiyat
−
11:00 368 2 daqiqa
Tailand hukumati Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qilmoqda. Bu haqda “The nation” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tegişli taklif joriy yilning 9 noyabr kuni Viza siyosati qömitasi yiğilişida körib çiqiş uçun taqdim etiladi. Taşabbus xorijlik sayyohlar uçun viza rasmiylaştiriş jarayonidagi keçikişlarni bartaraf etiş va uzoq masofadan keluvçi turistlar oqimini oşirişga qaratilgan.
Ma’lumotlarga köra, viza olişdagi muammolar, ayniqsa, Lotin Amerikasi davlatlaridan kelayotgan sayyohlarga qiyinçilik tuğdirmoqda. Masalan, Emirates aviakompaniyasi Tailand turizm idorasiga Meksikadan uçayotgan yölovçilar vizalari öz vaqtida rasmiylaştirilmagani sababli reyslarga kelmay qolayotgani yuzasidan şikoyat qilgan. Har bir reysda 20–30 nafar yölovçi safarga çiqa olmagani qayd etilgan.
Vazirlik rahbari Surasak Pxançaroyenvorakul taklif etilayotgan tartib xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan baholanişini bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, xavfsizlik nuqtai nazaridan past xatarli deb topilgan davlatlar fuqarolari uçun vizasiz kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilgan.
Qayd etilişiça, Özbekiston fuqarolari ham Tailandga borişda elektron viza rasmiylaştiriş jarayonida qiyinçiliklarga duç kelgan. Arizalar Rossiyadagi Tailand elçixonasi orqali körib çiqilgani sababli jarayon murakkablaşgan. Bu esa ayrim mahalliy sayyohlik agentliklarini Tailandga möljallangan turlarni bekor qilib, mijozlarga Vetnam kabi boşqa yönalişlarni taklif etişga undagan.
Taklif ma’qullansa, Özbekiston fuqarolari Tailandga 15 kungaça vizasiz boriş imkoniyatiga ega bölişi mumkin. Hozirça bu taşabbus taklif bosqiçida bölib, vizasiz tartib joriy etilgani haqida rasmiy qaror e’lon qilinmagan.
Ma’lumot uçun, Tailand Qirolligi hukumati qaroriga muvofiq, joriy yil 15 sentyabrdan boşlab, Tailandga, jumladan, turistik maqsadlarda taşrif buyurişni rejalaştirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatga borişdan oldin Tailand elektron vizasini rasmiylaştirişlari lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tailand Moliya vazirligi mamlakatdan çiqiş uçun yangi soliq joriy etiş masalasini körib çiqayotgani haqida xabar berilgan edi. Unga köra, dastlabki bosqiçda yiğim miqdori 1 ming batni (qariyb 30 dollar) taşkil etadi, şu bilan birga qonunning çeklangan yuqori miqdori 5 ming bat (qariyb 150 dollar) etib belgilanmoqda. Tölovni Tailanddan uçib ketayotgan barça aviayölovçilardan (bir neçta toifalardan taşqari) undiriş rejalaştirilgan.
Live
Barchasi27 Oktyabr