Özbekiston va Ummon örtasida vizasiz rejim joriy qilinadi
O‘zbekiston
−
14:27 459 1 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni Masqat şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi örtasida imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi bitim özaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan bölib, hamkorlikning barça jabhalarini rivojlantirişni közda tutadi.



Şuningdek, marosimda özaro vizadan ozod qiliş, sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona, transport-logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy hamda şaharsozlik, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, soğliqni saqlaş, atrof-muhitni himoya qiliş, mehnat va inson resurslari, ta’lim, madaniyat va sport, boşqaruv va davlat xizmati, arxivlaştiriş hamda boşqa sohalar böyiça qabul qilingan 30 dan ziyod hujjatlar almaşilgan.




Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev va Haysam bin Toriq Ol Said Masqat şahridagi “Al-A’lam” saroyida tor doirada uçraşuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari iştirokida muzokara ötkazgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi