ÖFA Kannavaro ketişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Sport
−
21:04 399 2 daqiqa
Avvalroq, insayder Fabritsio Romano Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Osiyo kubogining ötkaziliş muddati özgargani uçun öz lavozimidan ketişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Biroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarni rad etdi.
“Sönggi soatlarda ayrim xorijiy manbalarda Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining özgartirilişi ortidan öz lavozimini tark etişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Şuningdek, assotsiatsiya ommaviy axborot vositalari va futbol muxlislaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikni hamda rasmiy xabarlarga tayanişni söragan.
Ma’lumot uçun, Kannavaro 2025 yil oktyabr oyida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan va Timur Kapadze örnini egallagan edi. Italiyalik mutaxassis Özbekiston milliy terma jamoasi bilan 2+3 yillik sxema böyiça şartnoma imzolagan. Ya’ni, Kannavaroning majburiy şartnomasi 2027 yilning oktyabrigaça amal qiladi. U Özbekiston terma jamoasigaça Italiyaning “Benevento” va “Udineze”, şuningdek, Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida faoliyat yuritgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi Saudiya Arabistonidagi mahalliy taşkiliy qömita hamda mamlakat futbol federatsiyasi bilan kelişgan holda 2027 yilgi Osiyo kubogining ötkaziliş sanalarini özgartirgani haqida xabar berilgan edi. Dastlab 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan musobaqa endi 2027 yil 23 dekabrdan 2028 yil 21 yanvargaça bölib ötadi.
Live
Barchasi