“Mançester Yunayted” Kerrikni iste’foga çiqardi – Romano
Sport
−
14:56 462 2 daqiqa
Angliyaning “Mançester Yunayted” klubi rahbariyati boş murabbiy Maykl Kerrikni iste’foga çiqardi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Maykl Kerrik sönggi 70 kun içida atigi bitta ğalabaga erişdi. Uning qöl ostidagi jamoa esa Premer-ligada quyi ligaga tuşib ketiş xavfi bölgan hududda qolmoqda.
Klub rahbariyati şu vaqtga qadar Kerrikka işonç bildirib kelgan bölsa-da, “Aston Villa”ga qarşi 4:4 hisobidagi durangdan keyin vaziyat özgargan. Uşbu natija “Mançester Yunayted”ni turnir jadvalida 18-örinda qoldirgan.
“The Guardian” naşrining xabar berişiça, öyindan keyingi 24 soat içida klubdagi asosiy fikr özgargan. Sport direktori Jeyson Uilkoks va boş direktor Omar Berrada vaziyatni muhokama qilib, tahlil qilganidan söng Kerrikni iste’foga çiqarişga qaror qilgan.
BBC ma’lumotiga köra, Maurisio Poçettino uşbu lavozimga asosiy nomzod hisoblanadi. Argentinalik mutaxassis “Mançester Yunayted”ni boşqarişga tayyor. Yulian Nagelsman va Eddi Xau ham nomzodlar qatorida bor.
Ma’lumot uçun, 45 yoşli Kerrik joriy yilning yanvar oyida “Mançester Yunayted” boş murabbiyi etib tayinlangan. Unga qadar ikki marta jamoada vaqtinçalik boş murabbiy vazifasini bajargan: 2018 yilda Joze Mourino ketganidan keyin va 2021 yilda murabbiylar ştabida faoliyat yuritgan Ole-Gunnar Sulşer iste’foga çiqarilganidan söng.
2022 yildan 2025 yilgaça Kerrik “Midlsbro” boş murabbiyi bölib işlagan. U futbolçilik faoliyati davomida “Mançester Yunayted” bilan beş marta Angliya çempionligini, Çempionlar ligasi, Yevropa ligasi va klublar örtasidagi Jahon çempionatini qölga kiritgan.
Joriy yilning may oyida “Mançester Yunayted” Kerrik bilan şartnomani 2028 yilgaça uzaytirgan edi.
Live
Barchasi