“Mançester Yunayted” Poçettinoning qişki transfer byudjetini çekladi – OAV
Sport
−
1014 2 daqiqa
“Mançester Yunayted”ning yangi boş murabbiyi Maurisio Poçettino yanvar oyidagi transfer oynasida jamoa tarkibini kuçaytiriş uçun 50 million funt sterlingdan ança kam mablağ oladi. Bu haqda “Daily Mail” naşri xabar berdi.
Manbaning aytişiça, klubning transfer byudjeti çeklangan bölib, 50 million funt sterlingdan ança kamni taşkil etadi. Bunga Premer-liganing yangi moliyaviy qoidalari ham ta’sir körsatmoqda. Maurisio Poçettino yanvar oyida jamoaga köpi bilan ikki nafar futbolçini jalb qilişi kutilmoqda. Ularning biri ijara asosida kelişi ham mumkin.
Manbaga köra, ustuvor pozitsiyalar hujumçi va markaziy himoyaçi hisoblanadi. Şuningdek, himoyaning çap qanotini kuçaytiriş imkoniyati ham körib çiqilmoqda.
“Brentford” himoyaçisi Neytan Kollinz nomzodlar qatorida tilga olinmoqda. “Everton” himoyaçisi Jarrad Brantueytning transferi esa mavjud byudjetni hisobga olganda, ehtimoldan yiroq deb baholanmoqda.
Eslatib ötamiz, Poçettino “Mançester Yunayted”dagi faoliyatini “Liverpul”ga qarşi uçraşuvdagi 0:4 hisobidagi mağlubiyat bilan boşladi. Jamoa Premer-liga turnir jadvalida 19-poğonada bormoqda. Moliyaviy qiyinçiliklar esa argentinalik mutaxassisga qişki transfer oynasida tarkibda jiddiy özgarişlar qiliş imkoniyatini çeklamoqda.
Live
Barçasi