MYU Top-5da eng köp gol ötkazib yuborgan klubga aylandi

Sport

−

visibility404 timer2 daqiqa

image

Angliyaning “Mançester Yunayted” klubi Yevropaning kuçli beşligida eng köp gol ötkazib yuborgan klubga aylandi. “Qizil iblislar” öz darvozasidan “Kristal Pelas”, “Union”, “Sassuolo” va “Lans” jamoalariga qaraganda köproq töp olib çiqdi.

Keça, 22 noyabr kuni Angliya Premer-ligasining 11-turida “Liverpul”ga 0:4 hisobida mağlub böldi. Uşbu bahsdan keyin “Mançester Yunayted” joriy mavsumda barça musobaqalar doirasida öz darvozasidan 34 ta töp olib çiqdi. Bu Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyaning yuqori divizionlarida iştirok etayotgan 96 ta klub orasidagi eng yomon körsatkiç hisoblanadi.

Bu borada “qizil iblislar”ning eng yaqin ta’qibçilari “Kristal Pelas” va Germaniyaning “Union” klublari bölib, ularning har biri 33 tadan gol ötkazib yuborgan. Italiyaning “Sassuolo” va Fransiyaning “Lans” jamoalari esa 32 tadan gol ötkazgan.

Şuningdek, “Mançester Yunayted” Premer-liganing 11 ta uçraşuvida 23 ta gol ötkazib yuborgan. Bu körsatkiç böyiça faqat 27 ta gol ötkazgan “Kristal Pelas” ulardan yomonroq natija qayd etgan. Bundan taşqari, “Mançester Yunayted” hali çempionatda biror marta öz darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmagan.

Ma’lumot uçun, 11 turdan söng Maurisio Poçettino jamoasi 8 oçko bilan APL turnir jadvalining 19-örnida bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing