Özbekiston FIFA reytingida ikki poğona pastladi
Sport
−
11:28 323 1 daqiqa
Keça, 12 noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentda Rossiyaga 2:3 hisobida mağlubiyatga uçradi. Mağlubiyat sabab Fabio Kannavaro boşçiligidagi terma jamoa FIFA reytingidan 3,86 ooçko yöqotdi.
Öyinning 70-daqiqasiga qadar ğalaba qozonayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi keyingi 10 daqiqa içida öz darvozasidan uçta töp ötkazib yubordi va yakunda 2:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Uşbu natija tufayli “oq börilar”ning FIFA reytingidagi bali 3,86 oçkoga kamaydi. Aksinça, Rossiya terma jamoasi şunça oçkoni öz hisobiga qöşib qöydi.
Oqibatda Özbekiston FIFA’ning onlayn reytingida ikki poğona pastlab, 61-öringa tuşib qoldi. Ayni paytda Özbekiston terma jamoasi hisobida 1412,75 oçko mavjud.
Agar Özbekiston Rossiya bilan durang qayd etganida, reyting balliga 1,14 oçko qöşgan bölardi. Ğalaba qozonilgan taqdirda esa jamoamiz 6,14 oçkoga ega bölişi mumkin edi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyadan uçralgan mağlubiyatni ğalabani erta nişonlaş bilan izohlagandi.
Live
Barchasi