Bugun Özbekiston Saudiya Arabistoni bilan öynaydi

Sport

−

image

Bugun, 17 noyabr kuni FIFA kunlari doirasida Özbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi örtoqlik uçraşuvini ötkazadi. Fabio Kannavaro şogirdlari Dohada Saudiya Arabistoniga qarşi bahs olib boradi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 20:30 da boşlanadi.

Dastlab mazkur uçraşuv 2027 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida Saudiya Arabistonida ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Uçraşuv Ar-Riyod şahridagi Imom universiteti stadionida bölib ötişi rejalaştirilgandi. Biroq mintaqadagi siyosiy vaziyat sabab har ikkala tomon rasmiylari uşbu örtoqlik örtoqlik uçraşuvini Qatarning Doha şahrida ötkazişga kelişdi.

Özbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari şu kunga qadar 12 marta özaro kuç sinaşgan. Ularning 7 tasida saudiyaliklar ğalaba qozongan bölsa, 4 ta uçraşuvda Özbekiston terma jamoasining qöli baland kelgan. Yana 1 bahs durang bilan yakunlangan.

Jamoalar örtasidagi sönggi uçraşuv 2021 yil 15 iyun kuni Jahon çempionati-2022 saralaş bosqiçi doirasida ötkazilgan. Unda Saudiya Arabistoni 3:0 hisobida ğalaba qozonib, “oq börilar”ni mundial yöllanmasidan mahrum qilgandi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni Özbekiston terma jamoasi Toşkentda Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida 2:3 hisobida mağlubiyatga uçragandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing