Kannavaro Rossiyadan uçralgan mağlubiyat sababini tuşuntirdi

Sport

−

image

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarşi uçraşuvdagi mağlubiyatni jamoaning 2:0 hisobidagi ustunlikdan keyin ğalabani oldindan nişonlagandek harakat qilişi bilan izohladi. Bu haqda u öyindan keyingi matbuot anjumanida gapirdi.

“Biz yaxşi öyin ötkazdik, biroq hisob 2:0 bölib turgan pallada “motorni öçirib qöydik”. Öyin taqdirini hal qildik va ğalaba qozondik, deb öyladik. Bu biz uçun juda katta dars böldi. Hakamning final huştagi çalinmagunça futbol tugamasligini tuşunib yetişimiz kerak. 90, 95, hatto 98-daqiqagaça öyin içida böliş şart. Hozir kiyiniş xonasida ham yigitlarga aytdim: futbol ba’zida juda şafqatsiz va adolatsiz böladi. Qöpol söz uçun uzr sörayman-u, lekin yaxşi öynab turib ham mağlub bölganingizda futbol naqadar yoqimsiz narsaga aylanişini his qilasiz”, deydi Kannavaro.

Murabbiy bugungi bahsdagi yana bir muammo töp nazorati bilan boğliq bölganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, futbolçilar uzun paslardan köp foydalanib, oddiy vaziyatlarda ham töpni nazorat qilişda xatolarga yöl qöyişgan.

“Bugungi bahsni avvalgi uçraşuvlar bilan taqqoslasak, asosiy farq töp nazoratida körindi. Biz juda köp uzun paslar bilan öynadik va töpni oddiy vaziyatlarda nazorat qilişda köplab xatolarga yöl qöydik. Töpni bu tariqa köp yöqotganingizdan keyin töpsiz köproq yugurişga va juda köp kuç sarflaşga majbur bölasiz. Hatto birinçi bölimda ham şunday xatolarga yöl qöydik”, deydi murabiy.

Kannavaro Rossiya va Janubiy Koreya kabi kuçli terma jamoalarga qarşi öyinlarda futbolçilarga köproq xarakter va sovuqqonlik zarurligini ta’kidladi. 

“Rossiya yoki Janubiy Koreya kabi kuçli terma jamoalarga qarşi bahslarda bizga köproq xarakter va sovuqqonlik kerak. Töp bilan köproq muomala qilib, vaziyatni öz qölimizda uşlaşga intilişimiz lozim. Biroq bugun juda alam qilgani şuki, yigitlar yaxşi öyin namoyiş etişdi – individual xatolarni hisobga olmasa, ularga e’tirozim yöq”, deydi Kannavaro.

Eslatib ötamiz, 12 noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentda Rossiyaga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvida 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, sönggi 10 daqiqada darvozasidan uçta gol ötkazib yubordi va yakunda 2:3 hisobida mağlub böldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing