Kannavaro Özbekiston MTJni tark etişi mumkin – Fabritsio Romano
Sport
−
20:36 1751 1 daqiqa
Osiyo kubogining ötkaziliş muddati köçirilişi sababli Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro lavozimini tark etişi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Fabio Kannavaro Osiyo kubogining ötkaziliş muddati köçirilişi ortidan yuzaga kelgan vaziyat sabab Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyligi lavozimini tark etiş haqida öylamoqda. Aytilişiça, bu ayni damda körib çiqilayotgan ehtimollardan biri”, deydi Romano .
Ma’lumot uçun, Kannavaro 2025 yil oktyabr oyida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan va Timur Kapadze örnini egallagan edi. Italiyalik mutaxassis Özbekiston milliy terma jamoasi bilan 2+3 yillik sxema böyiça şartnoma imzolagan. Ya’ni, Kannavaroning majburiy şartnomasi 2027 yilning oktyabrigaça amal qiladi. U Özbekiston terma jamoasigaça Italiyaning “Benevento” va “Udineze”, şuningdek, Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida faoliyat yuritgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi Saudiya Arabistonidagi mahalliy taşkiliy qömita hamda mamlakat futbol federatsiyasi bilan kelişgan holda 2027 yilgi Osiyo kubogining ötkaziliş sanalarini özgartirgani haqida xabar berilgan edi. Dastlab 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan musobaqa endi 2027 yil 23 dekabrdan 2028 yil 21 yanvargaça bölib ötadi.
Live
Barchasi