Turkiyada terakt sodir qilgan 25 yoshli ayol 1794 yilga qamaldi
Olam
−
26 aprel
10283Turkiyaning Istanbul shahri Oliy jinoyat sudi 2022 yil noyabr oyida Istiqlol xiyobonida terakt sodir etgan ayolga hukm o‘qidi. Bu haqda "TRT Haber" ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ahlam al-Bashir yettita umrbod yoki 1794 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Prokurorlar unga 1949 yildan 3009 yilgacha qamoq jazosini so‘ragan. Al-Bashir “davlat birligi va yaxlitligiga putur yetkazish” va olti kishini “qasddan o‘ldirish” moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Shuningdek, u 22 ming lira (taxminan 700 dollar) jarimaga ham tortilgan.
Ma’lumot uchun, al-Bashir 1999 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Suriya fuqarosi hisoblanadi. U 2022 yil 13 noyabr kuni Istanbul markazidagi Istiqlol ko‘chasida bomba solingan sumkani qo‘yib ketgan. Sayyohlar bilan gavjum ko‘chadagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘lib, 99 kishi yaralangan. Ayol kuzatuv videokameralaridagi yozuvlar orqali aniqlanib, yashiringan uyida hibsga olingan.
Turkiya hukumati terakt ortida Kurdiston ishchilar partiyasi turganini aytgandi.
LiveBarchasi