Turkiya Isroilni COP31 Yetakçilar sammitiga çaqirmadi

Olam

−

image

Turkiya Antaliyada ötkazilayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasidagi Yetakçilar sammitida iştirok etiş uçun Isroil hukumatiga taklifnoma yubormadi. Bu haqda COP31 raisi, Turkiya atrof-muhit, şaharsozlik va iqlim özgarişi vaziri Murat Kurum ma’lum qildi.

“Tadbir taşkilotçiligi doirasida yetakçilarga taklifnomalarni mezbon mamlakat, ya’ni Turkiya yuboradi. Biz Isroil hukumatini yetakçilar uçraşuviga taklif qilmadik. Şu bilan birga, har bir mamlakat BMT şafeligidagi muzokaralarda iştirok etiş, öz pozitsiyalari, bayonotlari va loyihalarini taqdim etiş huquqiga ega. Şu sababli BMT tomonidan taşkil etiladigan tadbirlarga dunyoning barça mamlakatlari taklif etiladi. Ammo Yetakçilar sammitiga biz mezbon davlat sifatida Isroilga taklifnoma yubormadik”, deydi u.

Vazirning qöşimça qilişiça, iqlim konferensiyasining ötkazilişi Anqaraning Isroilga bölgan munosabatini özgartirmaydi.

“Bu yerda biz iqlimni, iqlim adolatini muhokama qilamiz. Tinçlik bölmagan joyda iqlim adolati ham bölişi mumkin emas. Şu sababli uşbu uçraşuv [COP31] Turkiyaning Isroil davlati va hukumatiga nisbatan pozitsiyasini özgartirmaydi”, deya tuşuntirgan Kurum.

U Turkiya “Ğazodagi genotsid haqida sukut saqlamasligini” ta’kidlagan hamda “COP31 maydonidagi eng katta zalga “Ğazo” nomi berilganini” qayd etgan. 

“Bu 6 250 kişiga möljallangan konferensiya zalidir. Bu yerda Ğazo bolalarining genotsid haqida hikoya qiluvçi rasmlari körgazmalari ötkaziladi. Şuningdek, falastinlik rassomlarning fojia, uruş, adolatsizlik va genotsidga bağişlangan asarlari taqdim etiladi. Siyosiy pozitsiyamiz aniq va biz butun konferensiya davomida unga amal qilamiz”, deydi vazir.

Ma’lumot uçun, BMTning Iqlim özgarişi böyiça tomonlar anjumanining 31-sessiyasi (COP31) – global iqlim inqiroziga qarşi kuraşiş, issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş va barqaror rivojlanişni ta’minlaş masalalariga bağişlangan xalqaro oliy darajadagi sammit. 

Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilayotgan uşbu global forumda dunyo davlatlari va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar, ekologiya vazirliklari va ekspertlar iştirok etmoqda. Sammitning asosiy kun tartibidan Parij iqlim bitimi maqsadlariga erişiş, “iqlim adolati”ni ta’minlaş, rivojlanayotgan mamlakatlarga ekologik transformatsiya uçun moliyaviy yordam ajratiş hamda qayta tiklanadigan energiya manbalariga ötişni jadallaştiriş kabi muhim masalalar örin olgan. COP31 nafaqat ekologik muammolar, balki global xavfsizlik va ijtimoiy tenglikning iqlim omillari bilan boğliqligini muhokama qiliş uçun asosiy xalqaro platforma bölib xizmat qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş sohasidagi harakatlar böyiça Jahon sammitining oçiliş marosimida iştirok etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing