Şavkat Mirziyoyev Jahon iqlim sammitining oçiliş marosimida qatnaşdi
Jamiyat
−
17:01 563 3 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni amaliy taşrif bilan Turkiyada bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş sohasidagi harakatlar böyiça Jahon sammitining oçiliş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Barqaror, osoyişta va adolatli kelajak sari” şiori ostida ötayotgan yetakçilar sammiti iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş va global ekologik majburiyatlarni bajariş borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarga yangi sur’at bağişlaşga qaratilgan.

COP31 konferensiyasi 9 noyabr kuni boşlangan va 20 noyabr kuniga qadar davom etadi. Unda davlatlar, xalqaro taşkilotlar, işbilarmon va ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati vakillari iştirok etmoqda. Parij bitimini hayotga tatbiq qiliş, havoga issiqxona gazlarini çiqarişni qisqartiriş, iqlim özgarişi oqibatlariga moslaşiş, iqlim moliyasi qamrovini kengaytiriş hamda “yaşil iqtisodiyot”ga ötiş jarayonini jadallaştiriş masalalari diqqat markazida böladi.

Suv resurslari taqçilligi, tuproqning tanazzulga uçraşi, muzliklar erişi, qurğoqçilik va global isişning boşqa oqibatlari kuçayib borayotgan şaroitda bu masalalar Özbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Sammit doirasida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston hamkorligida xalqaro şeriklar kömagida işlab çiqilgan “Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlar” (CLiCA) mintaqaviy dasturiga start berilgani bu borada muhim qadamlardan biri bölgan.

Uşbu yetti yilga möljallangan dasturni moliyalaştirişga yönaltiriladigan mablağlarning umumiy hajmi 264,4 million yevroni taşkil etadi, şundan 103,7 million yevro Özbekiston uçun möljallangan. Mablağlar örmonlar va yaylovlarni tiklaş, qişloq xöjaligida iqlim özgarişi şaroitida barqaror yondaşuvlarni joriy etiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda qişloq aholisining iqlim özgarişiga moslaşiş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltiriladi.
Özbekiston global iqlim kun tartibi doirasida zimmasiga olgan majburiyatlarni izçil bajarib kelmoqda. Xususan, 2035 yilga qadar yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 2010 yildagi körsatkiçga nisbatan 50 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.
Mamlakat BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasiga 1993 yilda qöşilgan, 2018 yilda esa Parij bitimi iştirokçisi bölgan. Bugungi kunda Özbekiston Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida atrof-muhitni muhofaza qiliş, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, suv resurslarini tejaş va iqlim barqarorligini mustahkamlaş borasida xalqaro va mintaqaviy taşabbuslarni faol ilgari surmoqda.
Live
Barchasi