AQSH Ukrainaning Qrimga hujum qilishi uchun “yashil chiroq yoqdi”

Olam

image

Vashington Kiyevga uzoq masofali ATACMS raketalarini yashirincha yetkazib berish orqali, Ukraina Qurolli kuchlarining Qrimdagi harbiy nishonlarga hujum qilishiga ruxsat berdi. Bu haqda "The New York Times" o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Bundan tashqari, ushbu raketalar mamlakatning boshqa bosib olingan hududlaridagi rus armiyasining orqa chiziqlariga zarba berish uchun ishlatilishi mumkin.

Nashrning yozishicha, yangi qurol 300 kilometrgacha bo‘lgan uzoqlikdagi nishonlarga aniq zarba bera oladi. Shunga qaramay Kiyevning qo‘liga tushgan raketalar soni haligacha ochiqlanmayapti.

"Oq uy uzoq masofali ATACMS qurollarining jabrdiyda ukrainlarga berilishi haqidagi qarori Germaniyaning  TAURUS qanotli raketalarini Kiyevga jo‘natishi uchun turtki bo‘lishidan umidvor", deydi ismini oshkor qilishni istamagan amerikalik yuqori martabali amaldor nashrga. 

Uning aytishicha, yaqin orada Germaniya ham uzoq masofali raketalarini Ukrainaga berishga rozi bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Qrim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made